0

USMLE dasturi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida tibbiyot bilan litsenziya olish uchun har bir shifokor United States Medical Licensing Examination® (USMLE) imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi kerak.

Ushbu imtihondan o‘tish sizni AQSH tibbiyot bitiruvchilari bilan tenglashtiradi va mutaxassislik bo‘-yicha rezidenturaga (ordinatura/ magistratura analogi, ish haqi to‘-lovi bilan) kirish huquqini beradi.

ImpulsMI Amerika Qo‘shma Shtatlari Tibbiy Litsenziyalash Imtihoni (USMLE) tizimi asosida o‘qitiladigan o‘quv dasturini taklif qiladi. Bu bizning bitiruvchilarimiz tibbiy karyeralarida muvaffaqiyatga erishishi uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlarini ta’minlaydi.

Bizning professor o‘qituvchilarimiz, o‘z sohalari bo‘yicha tajribali mutaxassislar hisoblanib, shifokorlik sari chiqqan yo‘lingiz davomida sizga yo‘l yo‘riq ko‘rsatishga bel bog‘lagan mu-rabbiylardir. Biz amaliyotda tibbiyotni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun eng zamonaviy laboratoriyalar, simulyatsiya markazlari va klinik jihozlarni taqdim etamiz.