Impuls institutida o‘quv jarayonida amaliyotga katta e’tibor qaratiladi. Talabalar o‘quv vaqtining 50% dan ortig‘ini klinik bazalarda va simulyatsiya markazlarida o‘tkazishadi, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirib, mustahkamlab borishadi.
Institutning simulyatsiya markazlari zamonaviy jihozlangan bo‘lib, talabalar o‘quv jarayonining birinchi kunidan boshlab u yerda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tab, bilimlarini mustahkamlashadi. Bu esa ularning tibbiyotga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.