Bu Impuls Tibbiyot Institutiga kirish uchun tayyorlaydigan maxsus dastur bo‘lib, ushbu dastur orqali abituriyetlarga maxsus sharoitlar asosida Impuls Tibbiyot Institutining talabasi bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Kurs doirasida o‘quv yili davomida abituriyetlar kimyo, biologiya, anatomiya, ingliz tili va tez tibbiy yordam fanlari bo‘yicha ta'lim olishadi, ularning dasturi institutning birinchi bosqichida o‘qitiladigan fanlar dasturlari asosida tuzilgan bo‘lib, o‘qish jarayonida abuturiyentlar institutning laboratoriyalari va simulyatsiya markazlarida, talabalar bilan birga laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida abituriyetlar o‘qishga kirganlaridan so‘ng institut ta'lim tizimiga tez moslashishga yordam beradi.
Tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar yakuniy imtihonlari natijalariga ko‘ra Impuls Tibbiyot Institutiga o‘qishning birinchi semestriga 50% dan 100% gacha Grant asosida imtihonlarsiz o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.