Registrator office
Офис-менеджеры
Odilov Bekzod Zoirjon o'g'li
Menejer
Sharaxmetov Sherzad Shaazimovich
Menejer
Registrator ofis institutda talabalar bilan bog‘liq ma’muriy va akademik jarayonlarni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lim hisoblanadi. Ofisning asosiy vazifalari talabalarni qabul qilish, ularning shaxsiy va akademik ma’lumotlarini yuritish, o‘quv jarayoniga oid buyruqlarni rasmiylashtirish, shuningdek, bitiruvchilarga diplom va boshqa rasmiy hujjatlarni tayyorlashdan iboratdir.
Registrator ofis faoliyati ikki yo‘nalishda olib boriladi:
Front office – talabalar va abituriyentlarga bevosita xizmat ko‘rsatish;
Back office – ichki hujjatlar, ma’lumotlar bazasi va akademik jarayonlarni tizimli yuritish.
Xizmat koʻrsatish (front office)
Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori
- dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
- akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
- imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
- oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
- talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
- talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash.
Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori
- grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
- innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
- talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;
- ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
- “Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
- talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish.
Buxgalteriya va marketing boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori
- toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, toʻlov-shartnomasini olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
- akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash, qayta oʻqishga shartnoma olish uchun ariza berishga koʻmaklashish.
Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori
- oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
- oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
- xorijda oʻqish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovi va xorijiy e’lonlar haqida ma’lumot berish;
- xalqaro reytinglar (QS, THE, Green Metric)da oʻrin egallagan oliy ta’lim muassasalari toʻgʻrisida talabalarga ma’lumot berish.
Maʼlumotlar bazasi (back office)
Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori
- talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni tahlil qilish;
- oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish qilish;
- topshiriq va murojaatlarga asosan universitet faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorlash;
- universitet tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;
- “HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish.
O‘quv jarayonini muvofiqlashtirish sektori
- akademik qarzdor talabalarni aniqlash;
- akademik guruhlarni shakllantirish;
- talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlari, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish);
- talabalarni tizimga kiritish;
- talabalar harakatini (chetlashtirish, kursda qoldirish, oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash) muvofiqlashtirish va rasmiylashtirish;
- talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish;
- talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
- “HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish.
Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori
- familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
- oʻqishni boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish;
- qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom, diplomga ilova, akademik sertifikatlar va boshqalar) taqdim etish;
- qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom blankalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish.
