Xalqaro hamkorlik: Impuls talabalari Turkiyada klinik kuzatuv dasturida

Yangiliklar

Ayni kunlarda o‘zaro hamkorlik doirasida Impuls tibbiyot institutining 11 nafar iqtidorli talabalari va 1 nafar professor-o‘qituvchisi Turkiyaning Balıkesir Universiteti tibbiyot fakulteti hamda universitet shifoxonasida 1 haftalik xalqaro malaka oshirish va klinik kuzatuv dasturida ishtirok etmoqda.

🩺 Dastur doirasida talabalar kichik guruhlarga ajratilib:

  • Chaqaloqlar va kattalar reanimatsiya bo‘limlari
  • Intensiv terapiya bo‘limlari

faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

👨‍⚕️ Tajribali shifokorlar rahbarligida talabalar:

  • Sun’iy nafas oldirish apparatlarining ishlash prinsiplari
  • Gemodinamik nazorat
  • Hayotiy ko‘rsatkichlar monitoringi
  • Klinik baholash jarayonlari

bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Har bir talabaga alohida bemor biriktirilib, ular tomonidan anamnez yig‘ish, obyektiv ko‘rik o‘tkazish va diagnostik tahlil qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi.

🧪 Shuningdek, talabalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda:

  • Akusherlik va ginekologiya
  • Kardiologiya
  • Pulmonologiya
  • Tez tibbiy yordam
  • Bolalar kasalliklari

Talabalar yurak-qon tomir kasalliklari, nafas yo‘llari kasalliklari, homiladorlik bilan bog‘liq holatlar hamda pediatrik kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy klinik yondashuvlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

✨ Mazkur xalqaro dastur talabalarimizning klinik fikrlashini rivojlantirish, zamonaviy tibbiy amaliyot bilan tanishish hamda kasbiy kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Bunday hamkorliklar institutimizda ta’lim sifati va amaliy tayyorgarlik darajasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Impuls — xalqaro tajriba sari ishonchli qadam.

Bo'limga qaytish "Yangiliklar"

Tegishli yangiliklar