Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida innovatsion startap loyihalari bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Yangiliklar

⚡️ Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida innovatsiya va tadbirkorlik ruhida muhim tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida Kipr davlatidagi Eastern Mediterranean University (Sharqiy O‘rta Yer dengizi universiteti) talabalari, “Custodia” loyihasi asoschilari — Sultan Abi va Ansar Kurmanaliev tomonidan startap loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🌀Startapning mazmuni va konsepsiyasi Impuls tibbiyot instituti prezidenti B. Xudanovga taqdimot qilib berdi.  Shundan so‘ng startapga qiziqish bildirgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, unda loyiha asoschilari erishilgan natijalar hamda ushbu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida atroflicha so‘zlab berishdi.

⭐ Tadbir davomida talabalar tibbiyot sohasida amalga oshiriladigan startap loyihalar, ularni yaratish va rivojlantirish jarayonida uchraydigan muammolar yuzasidan yetarlicha fikr almashishdi.

Bo'limga qaytish "Yangiliklar"

Tegishli yangiliklar