Talaba tashkilotlari

Talaba tashkilotlari

To‘garak nomi: Mohir qo‘llar
Rahbari: Dilafruz Umirova
A’zolari soni: 15 nafar

To‘garakning maqsadi

“Mohir qo‘llar” to‘garagining asosiy maqsadi talaba qizlarga milliy va zamonaviy pazandalik, qo‘l mehnati hamda amaliy hunar sirlarini o‘rgatish, ularning ijodiy va tashabbuskorlik salohiyatini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish hamda kelgusida moddiy mustaqillikka erishishlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

To‘garak faoliyatining huquqiy asosi

Mazkur to‘garak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil mart oyida ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan bo‘lib, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni hunar va kasbga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Faoliyat yo‘nalishlari

“Mohir qo‘llar” to‘garagi talaba qizlar tomonidan boshqariladi. To‘garak a’zolari darsdan bo‘sh vaqtlarida:

  • turli xil milliy va zamonaviy taomlar;
  • shirinliklar va gazaklar;
  • qo‘l mehnati mahsulotlarini tayyorlashni o‘rganadilar.

Amaliy ahamiyati To‘garak doirasida tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilish orqali talaba qizlar qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirish va kelajak kasbiy faoliyatiga tayyorlashga xizmat qiladi.