Impuls tibbiyot institutida vatanparvarlik ruhidagi uchrashuvlar!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshirig‘iga muvofiq, “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik” hamda “O‘zbek yigiti – mustaqillik posboni” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
🔹 Tadbirda harbiy soha mutaxassislari va harbiy xizmatchilar Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali talabalari bilan uchrashib, Vatan himoyasi, jasorat, fidoyilik va yurtga sadoqat haqida samimiy suhbat o‘tkazishdi.
🎬 Shuningdek, Chegara qo‘shinlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va video roliklar namoyish etilib, yoshlar qalbida faxr va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
🎯 Tadbirlar davomida talabalarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
💬 “Vatanga sadoqat – oliy burch!” g‘oyasi yoshlar qalbida yanada chuqurroq aks sado berdi.
Tegishli yangiliklar
Похожие новости не найдены.
