“Bayrog‘im – g‘ururim, faxrim!”, “Talabalikka bag‘ishlov – Impuls bilan kelajak sari!”
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Impuls Tibbiyot Institutida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institut rahbariyati, Chirchiq shahar hokimi, professor-o‘qituvchilar, talabalar, xorijiy hamkorlar, faxriy mehmonlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar Davlat bayrog‘ining o‘ziga xosligi va ahamiyati haqida fikr bildirib, barchani bayram bilan tabrikladilar. Shuningdek, Impuls Tibbiyot Institutida tahsil olayotgan talabalarning tanlagan kasbi sharafli va mas’uliyatli ekani alohida ta’kidlandi. Yoshlar tirishqoq, mehnatkash va izlanishdan to‘xtamaydigan bo‘lishi zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi orkestri ijrosidagi bayramona kuy-qo‘shiqlar, talabalarning turli chiqishlari va sahna ko‘rinishlari tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Turli nominatsiyalarda g‘olib deb topilgan talabalarga esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlar va diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Bu bilan ularning ilmga bo‘lgan qiziqishi, ijtimoiy faolligi va institut hayotidagi ishtiroki munosib e’tirof etildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar do‘stona muhitda jamoaviy fotosuratga tushib, unutulmas bayram lahzalarini muhrlab qo‘ydilar.
Tegishli yangiliklar
Похожие новости не найдены.
