Patalogiya va mikrobiologiya kafedrasi
Patalogiya va mikrobiologiya kafedrasi
Ushbu kafedra inson organizmining normal va patologik holatlarini o‘rganuvchi muhim ilmiy-amaliy kafedra bo‘lib, zamonaviy tibbiyotda kasalliklarning tushuntirishda muhim o‘rin tutadi. Kafedra Morfologiya kafedrasi bilan bir qatorda institutning dastlabki va tayanch kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedra klinik fanlar uchun zarur bo‘lgan kasalliklarning rivojlanish mexanizmlari va patogenezini chuqur o‘rgatadi. Mazkur kafedra klinik oldi ta’limda USMLE tizimi asosida integratsiyalashgan fanlarni o‘qituvchi yetakchi kafedralardan biridir.
Kafedrada normal va patologik fiziologiya, mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya, patologik anatomiya, gigiyena va tibbiy ekologiya, jamoat salomatligi fanlari o‘qitilib, ular klinik oldi fanlar majmuasini tashkil etadi.
Ushbu kafedrada olingan bilimlar talabalarga klinik fanlarda to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash tamoyillarini anglash imkonini beradi.
Ta’lim jarayoni laboratoriya mashg‘ulotlari, klinik vaziyatlar tahlili va ilmiy-amaliy muhokamalar asosida olib boriladi.
Kafedra tarkibi: 21 nafar professor-o‘qituvchi
Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:
- Patologik jarayonlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar
- Mikrobiologik va immunologik diagnostika usullarini joriy etish
- Profilaktik tibbiyot yo‘nalishini rivojlantirish
- Epidemiologik tahlil va sog‘liqni saqlash boshqaruvi
- Talabalarni ilmiy loyihalarga jalb etish
- Patologik jarayonlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
- Mikrobiologik va immunologik diagnostika asoslarini rivojlantirish
- Profilaktik tibbiyot va epidemiologiya
- Klinik kafedralar bilan integratsiyalashgan o‘quv mashg‘ulotlari
- USMLE Step 1 va Step 2 asoslariga mos ta’lim
