Ijtimoiy-humanitar va aniq fanlar kafedrasi

Ijtimoiy-humanitar va aniq fanlar kafedrasi

Ijtimoiy-humanitar va aniq fanlar kafedrasi

Ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar kafedrasi Impuls tibbiyot institutida bo‘lajak shifokorlarning kasbiy, huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim kafedra hisoblanadi. Kafedra tibbiyot mutaxassislarida keng dunyoqarash, tanqidiy fikrlash va kasbiy etikani rivojlantirishga qaratilgan.

Kafedrada falsafa, tarix, bioetika, biozika, tibbiyotda axborot texnologiyalari va ijtimoiy fanlarga oid fanlar o‘qitiladi. Ushbu fanlar talabalarni shifokorlik faoliyatida muhim bo‘lgan axloqiy-me’yoriy qarorlar qabul qilishga tayyorlaydi.

Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlar tahlili, munozaralar, keys-stadiylar va interaktiv mashg‘ulotlar keng qo‘llaniladi.

Kafedra tarkibi: 11 nafar professor-o‘qituvchi

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Tibbiyotda bioetika va deontologiya masalalarini rivojlantirish
  • Vrach faoliyatining huquqiy asoslarini chuqur o‘rgatish
  • Talabalarda ijtimoiy mas’uliyat va kasbiy madaniyatni shakllantirish
  • Jamiyat va tibbiyot o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tadqiq etish
  • Tibbiy ta’limda ijtimoiy fanlar integratsiyasini kuchaytirish

Галерея