Artikbayev Murodjon Arapbayevich
Mustaqil izlanuvchi
Terapiya kafedrasi ichki kasalliklar yo‘nalishida klinik fanlarni o‘qituvchi yetakchi kafedra hisoblanadi. Kafedra faoliyati davolash-profilaktika muassasalari bazasida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar bevosita klinik sharoitda bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.
Kafedrada ichki kasalliklar propedevtikasi, ichki kasalliklar, endokrinologiya, dermatovenerologiya, ftiziatriya, yuqumli kasalliklar, epidemiologiya, tibbiy radiologiya fanlari o‘qitiladi.
IMPULS tibbiyot institutida klinik fanlarni o‘qitish amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim modeli asosida tashkil etilgan. Terapiya kafedrasi sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan klinik bazalarda, zamonaviy o‘quv xonalari va simulyatsion muhitda faoliyat yuritadi.
Terapiya kafedrasi klinik oldi fanlarda shakllangan bilimlarni real klinik holatlar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bu kafedrala klinik amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar real klinik sharoitlarda bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. Har bir kafedra amaliyot, klinik protokollar, zamonaviy diagnostika va davolash usullariga asoslanadi.
Kafedrada bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya (1–2), sud tibbiyoti, vrach faoliyatining huquqiy asoslari, malakaviy amaliyot fanlari o‘qitiladi.
Terapiya kafedrasi klinik yo‘nalishdagi yetakchi kafedra bo‘lib, bevosita klinik bazalarda tashkil etilgan zamonaviy o‘quv xonalarda faoliyat yuritadi. Ushbu kafedrada darslar nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda olib borilib, talabalar real klinik holatlar, bemorlar bilan ishlash, diagnostika va davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning kasbiy kompetensiyasini oshirish, mustaqil qaror qabul qilish va klinik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, institutdagi barcha kafedralar faoliyati tibbiy ta’limning uzluksizligi, bosqichma-bosqichligi va amaliyotga yo‘naltirilganligi tamoyillariga asoslangan bo‘lib, yuqori ilmiy salohiyatga ega o‘qituvchilar, zamonaviy ta’lim dasturlari va kuchli klinik bazalar bilan ta’minlangan. Bu esa raqobatbardosh, chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
Kafedra tarkibi: 31 nafar professor-o‘qituvchi
Terapiya kafedrasining ustuvor yo‘nalishlari: