Talabalar turar joyi

Talabalar turar joyi (Impuls Tibbiyot Instituti, Chirchiq filiali)

Hozirda Impuls Tibbiyot Instituti, Chirchiq filiali talabalar turar joyi qurilish bosqichida bo‘lib, talabalar vaqtincha Oʻzbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya Instituti yotoqxonasidan foydalanmoqda. Talabalar turar joyi faoliyatiga oid asosiy hujjat – “Talabalar turar joyi” to‘g‘risidagi NIZOM hisoblanadi. Ushbu hujjat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan. Talabalar turar joyi universitet ichki tartib-qoidalari, TTJ “Talabalar Kengashi” ish rejasi asosida faoliyat yuritadi. Hozirda TTJ joriy ta’mirlash va qurilish ishlarini davom ettirmoqda. Barcha xonalar zamonaviy jihozlar (ko‘rpa-to‘shak, mebel) bilan ta’minlangan. Yotoqxonada sanitariya holati yaxshi, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinadi.

Oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi va dush har bir qavatda mavjud. Har bir qavatda televizorlar o‘rnatilgan. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tadi. Buning uchun talaba yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Prorektor tasdiqlagandan so‘ng, pasportistka talabalarning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi. TTJda talabalar o‘z-o‘zini boshqaruvini tashkil etish maqsadida “Talabalar Kengashi” faoliyat yuritadi. Yig‘ilishlarda talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar, ichki tartib-intizom, navbatchilik va turli bayramlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi. Har bir qavatda “Qavat sardorlari” mavjud. Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarga fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va murabbiylar jalb etilgan.

Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sport zalida turli sport to‘garaklari faoliyat yuritadi. Shuningdek, til to‘garagi, kompyuter savodxonligi, pazandachilik, uy hamshiraligi va badiiy havaskorlik kabi to‘garaklar tashkil etildi.